07:07 / 10.06.2015
2368

«O‘zbekneftgaz» jamoat transportiga yoqilg‘i yetkazib berish hajmi qisqartirilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi

Oxirgi paytlarda ba'zi internet-nashrlarda Toshkent shahri jamoat transporti vositalari uchun dizel yoqilg‘isi taqchilligi va uning yetkazib berilish hajmi 30 foizga qisqargani haqida ma'lumot paydo bo‘lgani sababli “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi Toshkent shahri jamoat transporti uchun dizel yoqilg‘isi yetkazib berish hajmining qisqartirilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

“O‘zneftmahsulot” AJ “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli transport vositalari va boshqa iste'molchilarni neft mahsulotlari, shu jumladan dizel yoqilg‘isi bilan to‘xtovsiz va cheklovsiz ta'minlash uchun yetarlicha hajmdagi neft mahsulotlariga egaligini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ korxonalariga yoqilg‘i yetkazib berish amaldagi shartnomada ko‘rsatilgan summaga muvofiq qat'iy tarzda amalga oshirilmoqda.

Top