17:33 / 10.06.2015
3710

Qirg‘izistonlik tijoratchilar O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab, uning uchun 30 mln so‘m talab qildi

Namangan viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, 4 iyun kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ishtirokida noxush voqea sodir bo‘ldi. Jalolobod viloyatining Oqsuv tumanida istiqomat qiluvchi ikki shaxs “Nanay-1” nasos stansiyasida ishlaydigan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olib, uning evaziga pul talab qildi. Ta'kidlash joizki, stansiya davlat chegarasidan 350 m ichkarida joylashgan.
Stantsiyada 1967 yili tug‘ilgan Odiljon Davlatov, 1983 yili tug‘ilgan Akmal Mansurovga Qirg‘iziston fuqarolari, tijoratchilar aka-uka Jildiz va Nursaid Sa'dibekovlar murojaat qilib, Yangiqo‘rg‘on tumanining Mo‘g‘ol qishlog‘ida yashaydigan Sanjar Arzimatovdan qarz undirishda yordam so‘ragan. Aytilishicha, u joriy yilning iyunida aka-ukalarga olingan qoramol evaziga 30 mln so‘m (12 ming dollar) berishni va'da qilgan.
Ammo voqea joyiga Qirg‘iziston chegarachilari yetib kelgan. Aka-ukalar Odil Davlatovni mashinaga o‘tqazib, o‘z qishloqlariga qaytib ketgan. Uni uyga olib kelib tashlab, tijoratchilar Arzimatov o‘z qarzini qaytarganiga qadar Davlatov ularning qo‘lida tutqun bo‘lishini ma'lum qilishgan.
O‘zbekistonning tegishli idoralari, voqeadan xabar topgach, Qirg‘iziston tomonga o‘z e'tirozlarini bildirdi. Ertasi kuni soat 17:00da 5-chegara nuqtasi Olabuqa chegara otryadi boshlig‘i kapitan D. Mamayev Davlatovni O‘zbekiston chegarachilariga topshirdi.

Top