15:30 / 11.06.2015
2326

Germaniya va Portugaliya yoshlar terma jamoalari chorak finalga yo‘l oldi

Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida barcha chorak finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi.

11 iyun kuniga belgilangan o‘yinlarda O‘zbekiston yoshlaridan keyin, Germaniya, Portugaliya va Braziliya terma jamoalari ham keyingi bosqichga chiqishdi.

Germaniya a Nigeriya o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvida germaniyaliklar O‘ztunalining 19-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Germaniya U-20 – Nigeriya U-20 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 19 O‘ztunali.

Germaniya U-20 – Shvebe, Bauer, Kempf, Akpoguma, Shtendera (Dudzyak, 70), Premel, O‘ztunali, Muxtar, Brandt (Shtefanyak, 76), Shtark, Vaygl.
Nigeriya U-20 – Enaxolo, Ndidi, Mustafa, Musa, Bello, Idovu, Ifeani, Sokari (Nvakali, 80), Bulbva, Godvin (Saksess, 48), Avoniyi.

Portugaliya esa mezbonlarni musobaqadan chiqarib yubordi. Yangi Zelandiya bilan kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida Guzzu yevropaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Xoltxuzen hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt tugashiga 3 daqiqa qolganida Martinsh g‘alaba to‘pini kiritdi va Portugaliya yoshlari chorak finalga chiqdi.

Portugaliya U-20 – Yangi Zelandiya U-20 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Guzzu, 1:1 – 65 Xoltxuzen, 2:1 – 87 Martinsh.

Portugaliya U-20 – Andre, Joau Nunesh, Rafa, Rikishu, Duarte, Guzzu (Eshtrela, 79), Podstavski, Lopesh, Gedesh (Rodrigesh, 68), Andre Silva, Martinsh.
Yangi Zelandiya U-20 – Tsanev, Tuiloma, Uinn, Braun, Brazerton, Dayyer, Xadson-Vixongi, Rufer (Xoltxuzen, 62), Petterson, Billingsli (Stivens, 76), Bleyk.
Ogohlantirish: Duarte (1).

Top