15:44 / 11.06.2015
2018

JCh-2015 turnirining nimchorak finalida Braziliya yoshlari penaltilar seriyasida Urugvayni mag‘lub etdi

Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida barcha chorak finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Mali, Senegal, Serbiya, AQSh, O‘zbekiston, Germaniya va Portugaliya termalaridan keyin Braziliya ham bu ro‘yxatga qo‘shildi.

Braziliya va Urugvay o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida ham, qo‘shimcha vaqtida ham hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida braziliyaliklar aniqroq harakat qilishdi va 5:4 hisobidagi ustunlikni qayd etishdi.

JCh U20. Nimchorak final

Braziliya U-20 – Urugvay U-20 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0, 5:4 -penaltilar seriyasi)

Braziliya U-20 – Jan, Joao Pedro, Lukao, Jorjye, Marlon, Danilo, Jaja, Judivan (Jan Karlos, 64), Markos Gilerme (Pereyra, 90), Boshilya (Malkom, 113), Gabriel Jyezus.
Urugvay U-20 – Guruseaga, Kabako, Suares, Kotuno, Lemos, Arambarri, Poyyet, Pereyro (Kastro, 83), Nandes, Akosta, Baes (Amaral, 70).

Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Ogohlantirishlar: Preyro (36), Danilo (42), Lemos (60), Joao Pedro (89), Arambarri (103).

Top