16:50 / 11.06.2015
1871

Nepaldagi o‘pirilish oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi, 80 kishi yaralandi

Nepalda sodir bo‘lgan navbatdagi tabiiy ofat 47 kishini hayotdan olib ketdi. Bundan tashqari, o‘pirilishda 80dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
IANS axborot agentligining ma'lum qilishicha, ofat Taplejung tumanidagi olti qishloqni qamrab oldi. O‘pirilishni mavsumiy yog‘ingarchilik keltirib chiqargan.
Taxmin qilinishicha, yana o‘nlab odamlar yer uyumlari ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Qutqaruvchilar ularning sonini aniqlash va chiqarib olish uchun harakat qilmoqda.
Yog‘ingarchilikning davom etayotganligi qutqaruv amaliyotlarini qiyinlashtirmoqda. Yomg‘ir mavsumi mamlakatda iyundan sentabrga qadar davom etadi.

Top