10:34 / 11.06.2015
10142

O‘zbekistonda "IShID"ga odam yollashda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi

May oyining oxirida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida fuqaro Umida Qodirova hibsga olingan. Bu jinoiy ish haqidagi hujjatli film O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etildi.

Viloyat IIB vakili Ixtiyor Kabulovning so‘zlariga qaraganda, Qodirova Chirchiqda noqonuniy ravishda voyaga yetmagan qizlar uchun diniy maktab ochgan. Keyinchalik aniqlanishicha, bu maktab shunchaki “niqob” bo‘lib, u orqali qizlarni "IShID" saflariga qo‘shish ishlari amalga oshirilgan. Qizlarning aksariyati 13-14 yoshda bo‘lgan.

Ushbu voqealar mahalliy aholi orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Top