16:45 / 11.06.2015
2758

Tokio yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

Tokio 2015 yilning yashash uchun eng qulay shahri deb topildi. Yaponiya poytaxti Monocle Magazine reytingida birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
The Wall Street Journal nashrida yozilishicha, Tokio ulkan miqyosga ega bo‘la turib tinchlik va osoyishtalik hukm surishi bois “turmush sifati” reytingi boshiga kelgan.
Ikkinchi o‘rinni ekspertlar Venaga, uchinchi o‘rinni esa Berlinga berishdi. Kuchli o‘nlikdan Melburn, Sidney, Stokgolm, Vankuver, Xelsinki va Myunxen o‘rin oldi. O‘tgan yilgi reyting yetakchisi Kopengagen Tsyurix bilan o‘ninchi ko‘rsatkichni bo‘lishdi.
Yaponiyaning yana ikkita shahri – Fukuoka va Kioto 12 va 14 pog‘onalarni band qildi.

Top