07:51 / 12.06.2015
3071

Ispaniya qiroli o‘z singlisini korrupsiya ishi sababli gersoginya unvonidan mahrum qildi

Ispaniya qiroli Filipp VI o‘z singlisi malika Kristinani korrupsiya ishi sababli Palma-de-Mayorka gersoginyasi unvonidan mahrum qildi, deb aytilmoqda qirollik saroyi bergan xabarda.

Kristina 2007 va 2008 yillarda davlat g‘aznasiga qarshi ikkita soliq jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud hakami Kristinani Aizoon firmasi orqali 337 138 yevro miqdoridagi soliqni berkitishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchi bo‘lgan deb hisoblamoqda. “Toza qo‘llar” uyushmasi nomli jamoatchilik ayblovi malika uchun 8 yil qamoq jazosi so‘ramoqda.

Malika Kristina unga soliq jinoyatlari bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar sababli gersoginya unvonidan mahrum etilishi haqidagi xabarlar ispan OAVlarida o‘tgan yildayoq paydo bo‘lgan edi.

Top