09:15 / 12.06.2015
1485

Mauritsio Sarri «Napoli»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

"Empoli” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Napoli” klubini boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqida neapolliklarning rasmiy saytida xabar berildi.

“Napoli” Mauritsio Sarri 2015/16-yilgi mavsumda jamoa bosh murabbiyi bo‘lishini ma'lum qiladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Murabbiyning neapolitaniyaliklar bilan shartnomasi “1+1” sxemasi bo‘yicha imzolangan.

Ma'lumot uchun, bu mutaxassis "Peskara", "Verona" va "Perujja" kabi jamoalarda ishlagan, 2012 yilda "Empoli" boshqaruviga kelib, jamoani A seriyaga olib chiqqandi.

Top