11:44 / 12.06.2015
1985

Qozog‘istonda YeXHTning kiber-xavfsizlikka bag‘ishlangan seminari boshlandi

11 iyun kuni Olma-Ota shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda kiber-jinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik mintaqaviy seminari boshlandi.

YeXHTning transmilliy tahdidlar departamenti, YeXHT dasturlarining Ostonadagi idorasi hamda BMT giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan kiber-jinoyatchilik va axborot almashish sohasining 45 nafar mutaxassisi ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar kiber-jinoyatchilikka qarshi kurash muammolarini muhokama qilishadi, shuningdek, sohaga malakali ekspertlarni jalb qilish, ma'lumot to‘plash, byudjyet shakllantirish va logistika masalalarini ko‘rib chiqadi.

Top