18:55 / 12.06.2015
2291

Toshkentda maktab-internat ta'miriga ajratilgan pulni yeb yuborgan MChJ rahbari hibsga olindi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli maktab-internat binosini kapital ta'mirlash uchun o‘tkazilgan tenderda Shahrisabz tuman hokimligidan ro‘yxatdan o‘tgan Kesh Xurshid Qurilish MChJ g‘olib deb topildi. U o‘quv binosida 691 mln 470 ming so‘mlik ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi lozim edi.
“Huquq” nashrining yozishicha, Fayzullo Ashurov faqat yotoqxona binosida kapital ta'mir o‘tkazib, o‘quv korpusi, majlislar zali, oshxona, ustaxona, kirish qismidagi ta'mir ishlarini bajarmagan va shu orqali 67 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Shuningdek, u ish faoliyati davomida davlat byudjyetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlardan bo‘yin tovlagan.
Ammo uning bu harakatlari fosh etilib, Ashurov jinoiy javobgarlikka tortildi.

Top