Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an “Turk oqimi”, “Akkuya” AESi qurilishi va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bokudagi muzokaralar davomida “Turk oqimi” gaz quvuri loyihasi, “Akkuya” AESi qurilishi, Ukrainadagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda jurnalistlarga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Peskovning aytishicha, “Turk oqimi” loyihasi “ikki davlat o‘rtasidagi energiya suhbati kontekstida” muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralarda “Akkuya” AESi qurilishi ham batafsil muhokama qilindi. “Katta miqyosdagi qurilishlarda duch kelinadigan texnik muammolar muhokama etildi”, deb aytdi Peskov.