Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:59 / 15.06.2015
3058
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyaning Rossiyadan gaz sotib olishi 68 foizga ko‘paydi
Joriy yilning may oyida Germaniya Rossiyaning “Gazprom” xoldingidan gaz sotib olish hajmlarini 68 foizga ko‘paytirdi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2014 yili kompaniya yevropalik iste'molchilarga 146.605 mlrd kub gaz yetkazib bergan.
Millerning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning ichida ham mahsulotga bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish