19:26 / 16.06.2015
2164

Amazon smartfonni quloq bilan blokdan chiqarish funksiyasini ishlab chiqmoqda

Amazon kompaniyasi smartfonni foydalanuvchining quloq shaklini skaner qilish yordamida blokdan chiqarishning yangi usuliga patent olish uchun ariza topshirdi.

Ayni paytda telefonni PIN-kod, qo‘l barmoqlari skaneri va ko‘z to‘r pardasi yordamida (ZTE Grand S3 da qo‘llangan) himoya qilish usullari mavjud bo‘lib, biroq ular istalgan odamga qo‘ng‘iroqqa javob berishga imkon beradi. Amazon ning patentiga ko‘ra, foydalanuvchini aniqlashning yangi usulida kirayotgan qo‘ng‘iroqqa smartfonni quloqqa olib kelibgina javob berish mumkin.

Amazonning identifikatsiya qilish usuli quloqning paylari va burmalari quloqning har bir odamning o‘zigagina xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishini shakllantirishiga asoslangan va qurilma egasini aniq indetifikatsiya qilish imkonini beradi.

Top