Jahon | 09:37 / 16.06.2015
2745
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropada F-22 Raptor qiruvchilarini joylashtirishi mumkin

AQSh Yevropa hududida beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin.

The Wall Street Journal gazetasining xabar berishicha, bu Rossiya tahdidi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Menimcha, eng katta tahdid Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealardir. Shu sababdan men bu yerdaman”, – dedi Debora Li Jyeyms, AQSh harbiy havo kuchlari vaziri Le-Burjda o‘tkazilgan 51-Xalqaro aerokosmik salondagi chiqishida.

Vazirning ta'kidlashicha, Qrimning anneksiyasidan so‘ng Rossiya harbiy samolyotlari tez-tez Yevropa davlatlari chegaralari oldida paydo bo‘la boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish