12:35 / 18.06.2015
7252

IShID MDHda vaziyatni beqarorlashtirmoqchi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovning o‘z bayonotida MDH aksilterror markazi xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni kuchaytirishi lozim ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
“IShID bizning davlatlarimiz hududida o‘z qarorgohlarini yaratmoqchi, u MDHdagi vaziyatni beqarorlashtirish niyatlarini yashirmayapti”, – dedi u aksilterror markazi 15 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida.
Bortnikovning so‘zlariga qaraganda, IShID dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalarini tashkil qilib, MDH, ayniqsa, O‘rta Osiyoga bo‘lgan alohida qiziqishini yashirmayapti. Bu xatti-harakatlarga qarshi turish uchun xorijiy hamkorlar bilan, birinchi galda hududida tashkilot bo‘linmalari yoki tranzit bazalari yaratilgan davlatlarning tegishli organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib borish muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Top