09:36 / 18.06.2015
2512

"IShID" Yaman poytaxtidagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

"IShID" 17 iyun kuni Yaman poytaxti Sano shahrida amalga oshirilgan davomli portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Biroz oldinroq, Sanoda 4 marta portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Portlovchi qurilma avtomobillarga qo‘yilgan. Portlashlar oqibatida uchta masjid va “Ansor Alloh” harakati bosh qarorgohi binosi shikastlangan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi jarohat olgan.

Top