Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin sentabrda Xitoyga borishini tasdiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabrda Xitoyga borish rejasi borligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“May oyida biz do‘stimiz – janob Si Tszinpinni kutib oldik. Yaqinda, 15 iyunda uning tug‘ilgani kuni bo‘ldi, unga mening eng ezgu tilaklarimni yetkazing. Biz Ufada 8-10 iyulda BRIKS va ShHT sammitlari doirasida uchrashishimiz belgilangan. Va avval kelishganimizdek, men Pekinga 3 sentabrda tashrif buyurmoqchiman”, deb aytdi Putin Xitoy bosh vaziri birinchi o‘rinbosari bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Putin Rossiya-Xitoy hamkorligi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faol rivojlanayotgani aytdi.