Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:26 / 19.06.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgda odam savdosida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Peterburg politsiyasi xodimlari O‘zbekistonda odam savdosida ayblanib qidirilayotgan odamni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy matbuot orqali ma'lum bo‘ldi.
Aytilishicha, 28 yoshli jinoyatchi asli farg‘onalikdir. U O‘zbekistonning o‘zida ham qidiruvga berilgan. Ayni paytda uni O‘zbekistonning tegishli organlariga topshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.