10:23 / 19.06.2015
3240

Putin Saudiya Arabistoniga tashrif buyurish bo‘yicha taklifni qabul qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni shahzodasi bilan uchrashuv paytida uning qirollikka tashrif buyurish haqidagi taklifidan albatta foydalanishini aytdi. Saudiya qiroli ham, o‘z navbatida, Putinning Rossiyaga tashrif buyurish taklifini qabul qildi.

“Sizga ma'lumki, men Saudiya Arabistoni qiroli bilan telefonda suhbatlashganimda, unga Rossiyaga tashrif buyurishni taklif qilgan edim. Bu taklifimni yana bir bor tasdiqlab, qirolga barcha ezgu niyatlarimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman”, deb aytdi Putin Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon bilan Peterburg iqtisodiy anjumani davomidagi uchrashuvi paytida.

Ibn Salmon o‘z navbatida “ikki muqaddas qadamjo asrovchisi” (Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara nazarda tutilmoqda) Rossiyaga tashrif buyurish taklifini qabul qilganini” aytdi.

“Shuningdek sizga Saudiya Arabistoni qirolligiga tashrif buyurishingiz haqidagi qirolning taklifini yetkazib qo‘yishdan bag‘oyatda xursandman, chunki biz Rossiyani zamonaviy dunyodagi eng muhim davlatlardan biri sifatida tan olamiz va bizning munosabatlarimiz uzoq tarixlarga borib taqaladi”, deb aytdi qirollik mudofaa vaziri hamda Moskva Saudiya Arabistonini davlat sifatida birinchilardan tan olganini eslatib o‘tdi.

Top