13:42 / 20.06.2015
2353

Leonardo di Kaprio va Tobi Maguayr Hillari Klintonning kampaniyasiga homiylik qiladi

Bir guruh mashhur Hollivud aktyorlari, jumladan, Leonardo di Kaprio, Tobi Maguayr va Elizabet Benks prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga homiylik qiladi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.
Tobi Maguayrning Brentvuddagi uyida o‘tkazilgan mablag‘ to‘plash tadbirida Klinton xonim chiqish qilib, mamlakat tarixidagi eng yosh ayol prezident bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, u Janubiy Karolinada sodir etilgan ommaviy qotillikka munosabat bildirib, aholining turli guruh va qatlamlari o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni hal qilish borasida katta ish qilish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Top