17:30 / 21.06.2015
6136

Makkeyn: Rossiya – mamlakat niqobi ostidagi benzin quyish shoxobchasi

Senator Jon Makkeyn Ukrainaga safari chog‘ida qilgan chiqishida Rossiyani benzin quyish shoxobchasiga o‘xshatdi. “Ukrinform” agentligining xabar berishicha, Makkeyn ushbu mamlakatning neft narxini tushirishdagi rolini munosib baholagan.
“Men ko‘p bora aytganman, Rossiya – mamlakat niqobi ostidagi benzin qo‘yish shoxobchasi, shu bois sanksiyalar unga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Putin uchun eng og‘ir zarba neft narxlarining tushishi bo‘ldi, buning uchun biz Saudiya Arabistoniga minnatdorchilik bildiramiz”, – dedi Makkeyn.

Top