12:20 / 22.06.2015
1485

"Milan" Kavani uchun 50 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda

"Milan" "Portu" hujumchisi Jyekson Martinesni xarid qilish borasidagi urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin, hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqayapti.

Corriere dello Sport nashrida yozilishicha, "rossonerilar" urugvaylik Edinson Kavani uchun "PSJ" jamoasiga 50 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Qayd etilishicha, 28 yoshli ushbu hujumchining transferi amalga oshadigan bo‘lsa, Sinisha Mixaylovich keyingi mavsumda 4-3-1-2 sxemasi o‘rniga asosan 4-2-3-1 sxemasini qo‘llashi mumkin bo‘ladi.

Top