13:48 / 22.06.2015
2285

Putin va Atambayev o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan uchrashdi. Bu haqda prezident axborot siyosati bo‘limi xabar tarqatdi.
Aytilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning muhim masalalari muhokama qilindi. Putin Rossiya Qirg‘izistonni mintaqadagi muhim hamkori deb hisoblashini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Atambayev, o‘z navbatida, Putinni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan tabrikladi.

Top