Jamiyat | 17:04 / 23.06.2015
1379
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada KXDRda inson huquqlari bo‘yicha BMT idorasi ochildi

Seulda KXDRda inson huquqlari bo‘yicha BMT idorasi ochildi. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.

“Bu yerdan 50 mil narida boshqa dunyo mavjud. O‘n minglab koreyslar u yerdan qochib, Koreya Respublikasida yangi hayot topdilar. Ammo millionlar nafaqat ularning erkinligini, balki asosiy ehtiyojlarini ham inkor qiladigan tizim domida qolmoqda”, – dedi BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Zayd Ra'd Zayd al-Husayn idoraning ochilish marosimida.

Ochilish marosimi yuqori xavfsizlik tartibida o‘tkazildi. Shimoliy Koreya vakillari bu ishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi bunday chora-tadbirlarning ko‘rilishiga sabab bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish