22 iyunga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani markazidagi buyum bozorida yong‘in ro‘y bergan.
Guvohlardan birining xabar berishicha, asosan kiyim-kechak bozori hisoblangan bu savdo markazi "yonib ado bo‘lgan".
Ma'lum qilinishicha, ushbu hodisa natijasida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q.
Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.