Jahon | 18:18 / 23.06.2015
2077
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Meksika elchixonasi ochiladi

2015 yili Qozog‘iston poytaxtida Meksika elchixonasi ochiladi. Bu haqda Ostona hokimiyati vakillari ma'lum qildi.
Shu yilning kuzida prezident Nursulton Nazarboyev Meksikaga tashrif buyurishi mumkinligi haqida axborot berilgan edi. Ta'kidlanishicha, ushbu tashrif doirasida elchixona ochish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Bugun qozog‘istonliklar Meksikaga turistik viza olish uchun davlatning Moskvadagi vakolatxonasiga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. Ostonada elchixonaning ochilishi ushbu muammoni hal qilishga qaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish