21:23 / 23.06.2015
2334

Qozog‘istonda odamlarni Suriyaga yuborishga tayyorlagan uch nafar kishi qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Atirau shahrida odamlarni Suriyaga yuborishga tayyorlagan uch nafar kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Atirau viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan terrorchilikni targ‘ib qilish, Suriyaga qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish uchun odamlarni yuborishga tayyorlaganlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 256-moddasi 2-qismi (terrorchilikni targ‘ib qilish), 172-modda 1-qismi (xorijiy qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etishga tayyorlash) va 259-modda 1-qismida (terrorchilik yoki ekstremistik faoliyatni tashkil etish maqsadida odamlarni yollash, tayyorlash yoki qurollantirish) nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bo‘yicha sudgacha tergov ishlari boshlandi.

Gumon qilinayotganlarning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida ularga nisbatan hibsga olib turish ehtiyot choralari ko‘rildi.

Top