22:59 / 23.06.2015
1800

Xakerlar Armaniston politsiyasi saytiga hujum qilishdi

Armaniston politsiyasi sayti xakerlik hujumiga uchradi. Bu haqda axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Samvel Martirosyan o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.

“Men bilan yangi xakerlik guruhi bog‘lanib, mamlakatda bo‘lib o‘tgan so‘nggi munosabati bilan Armaniston politsiyasi saytiga hujum uyushtirilganini ma'lum qildi. Sayt haqiqatan ham ishlamayapti. Men bu guruh haqida hech qanday ma'lumotga ega emasman”, deb aytdi Martirosyan o‘z xabarida.

Ayni paytda sayt faoliyati tiklandi. Martirosyanning aytishicha, xakerlar saytning ishini yarim soatga to‘xtatib qo‘yishgan.

Avvalroq Yerevan markazidagi Ozodlik maydonida elektr energiya oshirilishiga norozi bo‘lgan bir necha yuz odam qayta yig‘ilgani ma'lum qilingandi.

Top