O‘zbekiston | 20:39 / 24.06.2015
3059
1 daqiqa o‘qiladi

25-27 iyun kunlari O‘zbekistonda yomg‘irlar kuzatiladi

25-27 iyun kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Ertaga Toshkentda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shamol tezligi 5-10 m/s, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati tunda +19-21, ertalab +33-35.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi, sel kelish xavfi bor. Tunda havo harorati +12-17, kunduzi +20-25 daraja issiq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish