15:00 / 25.06.2015
2040

Anbar viloyatida Iroq hukumati 7 ming ko‘ngillini jangarilarga qarshi kurashga jalb qiladi

Iroq hukumati Anbar viloyatida 7 ming ko‘ngillini qurollantira boshladi. Viloyat kengashi rahbari Folih al-Aysaviyning ma'lum qilishicha, ular IShIDga qarshi kurashga jalb qilinadi.
Shu bilan birga, Aysaviyning fikriga ko‘ra, ko‘ngillilarning aksariyati yetarli darajada tayyorgarlik va malakaga ega emas. Shunga qaramay, ular uchun bir necha ming avtomat tayyorlab qo‘yilgan.
Anbar viloyatida sunniy qabilalar istiqomat qiladi. Ilgari qabila oqsoqollari bu qarshilikda shia guruhlarining ishtirok etishiga qat'iy norozilik bildirgan edi. Shia ko‘ngillilari viloyat markazi Tikritni ozod qilishda muhim rol o‘ynadi, lekin shundan so‘ng mahalliy aholi ularni talonchilik va o‘t qo‘yishda aybladi. Shundan keyin shai guruhlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh vazir Haydar al-Abadiyga bo‘ysundirildi.
Endilikda sunniy qabilalar ham o‘z ko‘ngilli kuchlarini shakllantirishga qaror qilishdi.

Top