09:50 / 25.06.2015
1717

AQSh Kongressi Trans-Tinch okeani hamkorligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

AQSh Kongressi Trans-Tinch okeani hamkorligini amalga oshirish uchun prezidentga favqulodda vakolatlar berish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu qonunning qabul qilinishi hamkorlikning yaratilishi borasidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu hamkorlik Tinch okeani mintaqasida Xitoyga iqtisodiy qarshilik ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Hamkorlik tarkibiga quyidagi davlatlar kirishi mumkin: Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vetnam.

Top