07:43 / 25.06.2015
5236

AQShda Johar Tsarnayev o‘limga hukm qilingani rasman e'lon qilindi

Bostondagi sudning oxirgi yig‘ilishida Johar Tsarnayevga nisbatan rasman o‘lim hukmi e'lon qilindi. Bu haqda CNN telekanali xabar bergan.

Sud hakami hukmni o‘qish vaqtida Tsarnayev hamisha "iblis siymosi" sifatida eslanishi haqida gapirgan.

Qayd etilishicha, unga nisbatan sud xarajatlarini qoplash hukmi ham chiqarilgan.

Ma'lum qilishlaricha, Johar Tsarnayev o‘ziga oxirgi so‘z berilganida o‘zi amalga oshirgan terakt vaqtida halok bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan kechirishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Boston shahrida 2013 yilning 15 aprel kuni bo‘lib o‘tayotgan marafon vaqtida portlash sodir etilgan va uch kishi halok bo‘lgandi. Politsiya bu ishda gumondor bo‘lganlardan biri Tamerlan Tsarnayevni voqea joyida o‘ldirgan, uning ukasi Johar Tsarnayev esa hushsiz holda hibsga olingan edi.

Top