09:46 / 25.06.2015
3278

Buyuk Britaniya qirolichasi Yevropani bo‘linish xavfidan ogohlantirdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropa davlatlarini bo‘linish xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Bilamizki, Yevropaning bo‘linishi xavfli va biz bunga qit'aning sharqida ham, g‘arbida ham to‘sqinlik qilishimiz kerak. Bu bizning umumiy intilishimizdir”, – dedi u Germaniya prezidenti Yoaxim Gaukka murojaatida.
Qirolichaning Germaniyaga to‘rt kunlik safari doirasida o‘tkazilgan Belvyu qasridagi banketda aytilgan bu so‘zlar Germaniya jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi.
“Hayotimiz davomida qit'amizda yaxshini ham, yomonni ham ko‘rdik. Biz hamma narsa tezda yaxshilikka o‘zgarishi mumkinligini ham ko‘rdik. Ammo biz urushdan keyingi tinchlikni saqlash uchun ishlashimiz kerakligini ham bilamiz”, – qo‘shimcha qildi u.
Ilgariroq britaniyalik deputatlar mamlakatning YeI tarkibidan chiqish haqidagi qarorni ma'qullagani xabar qilingan edi. Bu masala bosh vazir Devid Kemeron tomonidan boshqa Yevropa yetakchilari bilan qizg‘in muhokama qilingan edi.

Top