19:51 / 25.06.2015
1347

Hindistonda avtobus konteyner tashuvchi yuk mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning g‘arbiy shtati Maxarashtrada avtobus konteyner tashuvchi yuk mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Indian Express nashri xabar bermoqda.

Avariya Jalgaon okrugida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da sodir bo‘ldi. Avtobus Chalisgaon shahridan Surat shahriga ketayotgan bo‘lgan.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Qolgan jabrlanuvchilar shifoxonalarga yetkazilgan. Ulardan ba'zilari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Hindiston yo‘l-transport hodisalaridagi o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rin egallaydi. 2011 yilda mamlakat yo‘llaridagi YTHlar oqibatida 140 mingga yaqin, 2012 yilda esa 150 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan.

Top