08:02 / 25.06.2015
2535

Poroshenkoning Roshen kompaniyasi Polsha bozoriga chiqmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli Roshen qandolatchilik korporatsiyasi Polsha bozoriga chiqmoqda va yaqin 5 yil ichida mamlakatdagi yirik o‘yinchilardan biriga aylanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda.

“Keyingi besh yil davomida Polsha bozoridagi yirik o‘yinchilardan biriga aylanmoqchimiz. Bu yerda Wawel, Wedel, Colian va Mieszko kabi kompaniyalar qanday ishlashini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz”, deb aytdi kompaniyaning Polshadagi Roshen Europe bo‘linmasi rahbari Artur Martinyuk.

Roshen shu munosabat bilan Varshavada o‘z idorasini ochdi va ayni paytda savdo tizimini yaratish uchun xodimlar yig‘moqda.

Top