21:55 / 25.06.2015
2860

Uralortida Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonliklar sud oldida javob beradi

Uralorti o‘lkasining Petuxovo shahrida Rossiya chegarasini ot mingan holda noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik erkak va ayol sud oldida javob beradigan bo‘ldi.

Kurgan viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berganidek, ayblanuvchilar oldindan kelishgan holda Qozog‘istonning Shimoliy Qozog‘iston viloyati orqali Rossiya davlat chegarasini otlarda noqonuniy tarzda kesib o‘tganlar. Biroq Uralorti chegara boshqarmasi xodimlarining hushyorliklari tufayli O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olinganlar.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish materiallari Petuxovo tuman sudiga yuborildi. Ayblanuvchilarning aybi isbotlansa, ular 6 yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Top