Jahon | 11:11 / 26.06.2015
2650
1 daqiqa o‘qiladi

Airbus A380 Emirates Shri-Lankada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Emirates aviakompaniyasiga tegishli Airbus A380 samolyoti Shri-Lanka poytaxti Kolombo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, samolyot bortida 500 yo‘lovchi bo‘lgan.

Dubaydan Sidneyga ketayotgan avialaynerda texnik muammo chiqqan. Yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmagan. Ular boshqa reyslarga taqsimlab chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish