14:28 / 26.06.2015
6873

Joan Rouling Ramazon oyida uning kitobini o‘qib bo‘lmasligidan shikoyat qilgan musulmon bolaning savoliga javob berdi

Buyuk Britaniyalik yozuvchi, Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi Joan Rouling o‘z muxlislariga e'tiborli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

U o‘z o‘quvchilaridan birining tvitterdagi murojaatiga javob qaytardi.
O‘quvchilardan biri yozuvchiga asarda ovqatlanish sahnalari haddan tashqari oshirib tasvirlangani, bu esa unga ro‘zador holatida asarni o‘qishga imkon bermayotganini ma'lum qilgan.

"Kitobingizni o‘qiy olmayapman. Asarda ovqatlanish sahnalari shunday tasvirlanganki, men ham ovqat yegim kelib qoladi", deb yozadi Mutaba ismli ro‘zador yigit.

Unga javoban esa Rouling xonim asarda 31 oktabr sanasi, ya'ni Xogvarts maktabi o‘quvchilari diniy bayram munosabati bilan ko‘p ovqatlanmaydigan kun tasvirlangan sahifani o‘qishni tavsiya qilgan.

Top