Jahon | 19:20 / 26.06.2015
3285
1 daqiqa o‘qiladi

Tunisdagi teraktlar ijrochilaridan biri hibsga olindi

Tunisdagi mehmonxonalarga qurolli hujum qilganlarning biri hibsga olindi. U voqea hududidan qochib ketayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Bu haqda Al Arabiya telekanalining tvitterida xabar berilgan.

Biroz oldinroq, politsiya qo‘lida Kalashnikov avtomati tutgan jangarilardan birini yo‘q qilgandi.

Hududda otishmalar davom etmoqda.