Jamiyat | 14:14 / 27.06.2015
10575
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Maykl Jyekson qalamiga mansub suratlar chop etildi

Internetda marhum pop musiqa qiroli Maykl Jyekson tushkunlik va surunkali og‘riqlar bilan kurashishi paytida foydalangan art-terapiya muolajalari davomida chizgan rasmlari paydo bo‘ldi.

25 iyun kuni pop-qirol muxlislari uning o‘limining 6 yilligini nishonlashdi. Musiqachi bir necha yildan beri hayot emasligiga qaramasdan, uning serqirra iste'dodi hanuzgacha jamoatchilikni hayratga solishda davom etmoqda. Bu safar uning qalamiga mansub badiiy asarlar jamoatchilik diqqat markaziga tushdi.

Chop etilgan rasmlarni los-anjyeleslik terapevt Lorin Xanter tahlil qilib chiqib, ularni chizgan odam qarishdan juda qo‘rqqani, shuning uchun o‘zida ko‘p sondagi plastik operatsiyalarni o‘tkazgani, bundan tashqari muloqot borasida ham muammolarga ega bo‘lgani va ruhiy iztiroblardan aziyat chekkani tashxisini qo‘ygan.

Maykl Jyekson 2009 yil 25 iyunda olamdan ko‘z yumgan. Uning shaxsiy shifokori Konrad Myurrey musiqachiga propofolning (tinchlantiruvchi dori vositasi) standart inʼeksiyasini qilgandan keyin 2 soatga uni xoli qoldirgan. Biroq shifokor qaytib kelganda u musiqachining karavotda og‘zi va ko‘zlari katta ochilgan holda jonsiz holda yotganini ko‘rgan. Uni jonlantirishga barcha urinishlar foyda bermagan.