Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:37 / 27.06.2015
1679
1 daqiqa o‘qiladi
Kanadaliklar kuzda ukrainalik harbiylarni o‘qitishga kirishadi
Kanadalik mutaxassislar shu yilning kuz faslida ukrainalik askarlarni o‘qitishni boshlaydi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Bu bo‘yicha kelishuv Ukraina Mudofaa vaziri Stepan Poltorak va Kanada Milliy mudofaa vazirligi rahbari Jyeyson Kenni o‘rtasidagi uchrashuvda amalga oshirilgan.
"Bunday o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari 2015 yilning kuzidan boshlanib, keyingi yilning mart oyigacha davom etadi", deb ma'lum qildi Poltorak.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish