00:31 / 27.06.2015
2870

Samvel Babayan: «Paxtakor»ning yangi ustozi nomi birinchi davra oxirigacha ma'lum bo‘ladi

Samvel Babayanning aytishicha, «Paxtakor»ga ustozlik qiladigan mutaxassis nomi birinchi davra yakuniga qadar ma'lum bo‘ladi.

«Birinchi davra oxirigacha jamoamizni boshqaradigan yangi mutaxassis nomini aniqlab olamiz», - dedi Samvel Babayan «Nasaf»ga qarshi o‘yindan so‘ng.

«Bir narsani aytmoqchiman, «Paxtakor»da barcha nima qilishi lozimligini yaxshi biladi. Ishlar hamisha yuqori saviyada olib boriladi», - deya qo‘shimcha qildi Samvel Babayan.

Qayd etish joiz, «Paxtakor» – «Nasaf» (3:1) o‘yini Babayan uchun «Paxtakor» ustozi sifatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Mutaxassis 23 iyun kuni Mirjalol Qosimov o‘rniga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Manba: pakhtakor.uz

Top