Tayvan shahridagi Sinbey shahridagi akvaparkda joylashgan tungi klubda portlash yuz berishi va yong‘in chiqishi natijasida jabrlanganlar soni 509 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda Agence France-Presse xabar berdi.
Sina portali ma'lumotlariga ko‘ra, 180 nafardan ortiq kishi oroldagi kuyish jarohatlari kasalxonasiga yotqizilgan. Qayd etilishicha, ularning aksariga teri ko‘chirib o‘tkazish talab qilinadi.