19:50 / 29.06.2015
4220

Misr bosh prokurori avtomobili portlatilishi oqibatida halok bo‘ldi

Qohirada Misr bosh prokurori Xisham Barakat avtomobili portlatilishi oqibatida olgan jarohatlardan halok bo‘ldi.

Avvalroq Barakat noma'lum shaxslar uning avtomobili ostiga qo‘ygan portlovchi qurilma harakatga kelgandan keyin jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Barakat “Musulmon birodarlar” harakatiga qarshi bir qator ishlarni tergov qilishda ishtirok etgan edi. Bu tergovlardan biri doirasida mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va harakat yetakchisi Muhammad Badiy o‘lim jazosiga mahkum qilingan edilar.

Top