Jahon | 22:23 / 30.06.2015
1415
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar 7 iyulgacha uzaytirildi

AQSh va Eron Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun uni muhokama qilish muddatini 7 iyulgacha uzaytirishga kelishib oldilar. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mari Xarfning aytishicha, muddatning uzaytirilishi haqidagi qaror uzoq muddatli kelishuvga erishish zarurati bilan bog‘liq holda qabul qilingan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi kengashi Eronga nisbatan sanksiyalarni 7 iyulgacha, muzokaralar o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish