O‘zbekiston | 12:02 / 30.06.2015
3066
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqda 2019 yili yangi kon ishga tushiriladi

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati 2015-2018 yillarda Qizilolma oltin konini ishga tushirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. 
Konning loyihaviy quvvati yiliga 100 ming tonna ruda qazib olish imkonini beradi. 65.14 mln dollarlik loyiha hukumat tomonidan shu oyda tasdiqlandi. U O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlantirish jamg‘armasi (14.15 mln dollar) hamda kombinatning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Qizilolma koni Ohangaron tumanida, Olmaliqdan 48 km narida joylashgan. Olinadigan ruda Angren oltin olish fabrikasida qayta ishlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish