Jamiyat | 18:52 / 30.06.2015
9691
1 daqiqa o‘qiladi

Yulduz Usmonova Moskva shahrida konsert beradi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova shu yilning 9 avgust kunida Rossiya poytaxti Moskva shahrida konsert berishni rejalashtirgan.

Bu konsert uchun chiqarilgan afishalarda tadbir Moskvadagi «Stadium Live»
nomli konsert zalida o‘tkazilishi hamda "Sen uchun" deb nomlanishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov konsert mehmoni sifatida ishtirok etishi aytilgan.

Kontsertda "Sen uchun", "Sado bo‘lib", "Uzoqdan", "Jonim opam", "Dardlar boshqa", "Eh ko‘chalar", "Tamanno", "Shahzodaman", "Vallah", "Tu tu tska", "Ishqning shirin azobi", "Tak bum" hamda "Ota faryodi" kabi qo‘shiqlar kuylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish