07:12 / 01.07.2015
3747

Argentina Amerika Kubogi yarim finalida Paragvayni yirik hisobda mag‘lub etdi

1 iyul kuni Amerika Kubogi-2015 turnirining ikkinchi yarim finali o‘tkazildi. Unda Paragvayga qarshi maydonga chiqqan argentinaliklar 6;1 hisobidagi g‘alabani qayd etishdi.

O‘yinda Di Mariya hisobiga ikkita gol yozildi. Undan tashqari Roxo, Pastore, Aguero va Iguain bittadan golga mualliflik qilishdi. Javob goli esa Paragvayning zahiradan tushirilgan hujumchisi Lukas Barrios tomonidan urildi.

Endi 4 iyul kuni o‘tkaziladigan final bahsida Argentina musobaqa mezbonlari bo‘lmish Chili terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

ArgentinaParagvay  6:1
Gollar: Roxo, 15, Pastore, 27, di Mariya, 47, 53, Aguero, 80, Iguain, 83 – Barrios, 43

Argentina: Romero, Roxo, Otamendi, Demikelis, Sabaleta, Pastore (Banega, 73), Maskerano (Gago, 77), Bilya, Di Mariya, Aguero (Iguain, 81), Messi

Paragvay: Vilyar, Piris, Pablo Agilar, Da Silva, Bruno Valdes, Edgar Benites, Ortis, Viktor Kaseres, Derlis Gonsales (Bobadilya, 27), Santa Krus (Barrios, 30), Valdes (Oskar Romero, 56)

Ogohlantirishlar: Roxo, Bilya – Viktor Kaseres, Da Silva, Ortis

Top