17:31 / 01.07.2015
2853

Rossiya Dumasi Qirg‘izistonning YeIIga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyadan o‘tkazdi

Rossiya Davlat Dumasi Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

Ushbu shartnoma tegishli bayonotlar bilan birgalikda 25 iyun kuni prezident Vladimir Putin tomonidan Dumaning muhokamasiga kiritilgan edi. Ular orasida YeII bazaviy shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish, shartlar, o‘tish holatlari hamda Armanistonning tashkilotga qo‘shilishi borasidagi hujjatlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar “Qirg‘iziston shartnomasi”ning uzviy qismlaridir, deyiladi xabarnomada.

2015 yilning 8 mayida Moskvada imzolangan shartnoma Qirg‘izistonning ittifoqqa a'zo bo‘lishini belgilab beradigan asosiy huquqiy-me'yoriy aktdir.

Shuningdek, shartnoma yagona savdo muhiti va tartibini joriy qilish shartlarini belgilab beradi.

Top